Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

APL grandlari qiziqishi fonida «Brentford» Shade bo‘yicha qaror qabul qildi

APL grandlari qiziqishi fonida «Brentford» Shade bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Brentford» rahbariyati jamoa vingeri Kevin Shade bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara boshladi. Bu haqda Sky Sports News xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «asalarilar» 24 yoshli futbolchiga Premyer-liganing bir qator top-klublari jiddiy qiziqish bildirayotgani sabab muzokaralarni faollashtirgan.

Avvalroq Shadeni «Arsenal» o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Endi esa unga «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «Tottenxem» va «Chelsi» ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

Shade joriy mavsumda APL va Angliya Liga kubogi doirasida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Uning «Brentford» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:04, 26.09.2026.
O'qildi: 310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик