Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Mourinyo «Real» tarkibini kuchaytirishni talab qildi

Mourinyo «Real» tarkibini kuchaytirishni talab qildi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa tarkibini kuchaytirishni istamoqda.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatidan yangi kreativ yarim himoyachi xarid qilishni talab qilgan.

Qayd etilishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres Mourinyuning so‘rovi bo‘yicha yangi futbolchi sotib olishga tayyor. Biroq u transferni amalga oshirishdan oldin nomzodga shaxsan ishonch hosil qilmoqchi.

Shuningdek, Peres shoshilishni istamayapti va yirik transferni kelasi yozda amalga oshirish tarafdori. Mourinyu esa yangi futbolchi jamoaga qishki transfer oynasidayoq kerakligini ta’kidlamoqda.

La Ligada 7 ta o‘yindan so‘ng «Real» 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:45, 26.09.2026.
O'qildi: 560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик