Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Manchester Yunayted» Retkliff kelgach, xodimlarining qariyb 30 foizini qisqartirdi

«Manchester Yunayted» Retkliff kelgach, xodimlarining qariyb 30 foizini qisqartirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» Jim Retkliff klubga kelganidan keyin xodimlar sonini qariyb 30 foizga qisqartirdi.

The Telegraph klubning 2025/26 mavsumi bo‘yicha to‘liq moliyaviy hisobotiga tayanib xabar berishicha, so‘nggi ikki yilda «Manchester Yunayted» xodimlari soni 1127 nafardan 805 nafarga kamaygan. Ya’ni 322 nafar xodim ishini tark etgan, bu esa 28,6 foizni tashkil qiladi.

Eng katta qisqartirishlar klubning ichki media va tijorat bo‘limlarida amalga oshirilgan. U yerda xodimlar soni mos ravishda 45 va 44 foizga kamaygan.

Ma’muriy va unga yaqin bo‘limlarda, jumladan chiptalar xizmatida 161 ta ish o‘rni qisqartirilgan. Futbol yo‘nalishida esa yana 60 nafar xodim, shu jumladan skautlar va akademiya murabbiylari klubni tark etgan.

Retkliff 2024 yil fevral oyida klubning futbol operasiyalari ustidan nazoratni qo‘lga kiritgach, xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni boshlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tejalgan mablag‘larning bir qismi jamoa tarkibini kuchaytirishga yo‘naltirilishi kerak.

Shu davr ichida «Manchester Yunayted»ning operasion moliyaviy ko‘rsatkichi ham yaxshilangan. 2024 yilda klub qariyb 70 million funt zarar ko‘rgan bo‘lsa, 2025/26 mavsumi yakunlariga ko‘ra 22,6 million funt operasion foyda qayd etgan.

O‘tgan mavsumda klubning ish haqi xarajatlari 302 million funtgacha kamaygan.

Shunga qaramay, «Manchester Yunayted» moliyaviy yilni soliqlardan oldin 47 million funt zarar bilan yakunladi va ketma-ket yettinchi yil ham umumiy hisobda zarar ko‘rdi.

Klubning transfer majburiyatlari bilan birga umumiy qarzi 1,1 milliard funtdan oshgan. Bu summaga 578 million funtlik tarixiy qarz, 200 million funtlik kredit liniyasi va transferlar bo‘yicha 375 million funtlik majburiyatlar kiradi.

Yozda «Manchester Yunayted» transferlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 90 million funt qarz olgan. Yangi futbolchilar uchun agentlik to‘lovlari va Premyer-liga yig‘imlarini ham hisobga olganda, umumiy xarajat 191,7 million funtni tashkil qilgan.

Kiritildi: 13:49, 26.09.2026.
O'qildi: 208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик