Julian Uord «Liverpul»ning sport direktori etib tayinlandi.
Klub ma’lum qilishicha, funksioner yangi vazifasini darhol boshlagan. Bunga qadar Uord «Liverpul»ga egalik qiluvchi Fenway Sports Group kompaniyasida texnik direktor lavozimida ishlagan.
Uord 2012 yildan buyon «Liverpul» tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu vaqt ichida u Yevropa bo‘yicha skauting rahbari, ijaraga berilgan futbolchilar bilan ishlash direktori, sport direktori yordamchisi va sport direktori lavozimlarida ishlagan.
Uord 2020-yillar boshida ham «Liverpul» sport direktori vazifasini bajargan, ammo 2023 yilda ushbu lavozimni tark etgan edi.
«Liverpul»ga kelgunga qadar u «Manchester Siti» va Portugaliya terma jamoasi tizimida ham ishlagan.
FSG prezidenti Mayk Gordonning ta’kidlashicha, Uordning tajribasi klub futbol departamentini kuchaytirishi va bosh murabbiy Andoni Iraolaga yordam berishi kerak.













