Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasida Turkiya ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng darvozabon Mayk Menyan va yarim himoyachi Rayan Sherkining o‘yinini alohida ta’kidladi.
«Menyanmi? Uning o‘yinidan juda mamnunman! Uning qanday futbolchi ekani menga yoqadi. Bu uchrashuvda u juda yaxshi o‘ynadi va hal qiluvchi rol bajardi. Bizga yuqori saviyali darvozabon kerak.
Sherki ham juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. To‘p bilan u nimalarga qodir ekanini yaxshi bilamiz. U o‘z vazifasini bajardi», — dedi Zidan.
Bu Zinedin Zidan uchun Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk uchrashuv edi. U JCH-2026dan keyin Didye Desham o‘rnini egallagan.
Millatlar ligasining 2-turida Fransiya Belgiyaga qarshi maydonga tushadi, Turkiya esa Italiya bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 28 sentyabr kuni o‘tkaziladi.













