Millatlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida Turkiyaga qarshi o‘tgan uchrashuv Kilian Mbappe uchun Fransiya terma jamoasi safidagi 107-o‘yin bo‘ldi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Real» hujumchisi 1998 yilgi jahon chempioni va Yevro-2000 g‘olibi Patrik Viyeyra bilan 8-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Mbappe Fransiya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Zinedin Zidandan atigi bitta o‘yinga ortda qolmoqda.
Turkiyaga qarshi bahsda Mbappe 54-daqiqada uchrashuvdagi yagona golni urdi. Biroq zarba berish vaqtida jarohat olgani sabab terma jamoa ixtiyorini tark etib, Madridga qaytishi kerak bo‘ladi.
Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lgan Mbappe milliy jamoa safida jami 67 ta gol urgan.
Shuningdek, ushbu uchrashuv «Renn» hujumchisi Esteban Lepol uchun Fransiya terma jamoasidagi debyut o‘yini bo‘ldi.













