Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasining 1-turida Turkiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona golni hujumchi Kilian Mbappe urdi.
Bu Fransiyaning Turkiya maydonida tarixdagi atigi ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi. Fransuzlar ilk bor 2000 yil noyabr oyida Turkiyani safarda 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
O‘sha uchrashuvda Fransiyaning asosiy tarkibida Zinedin Zidan ham maydonga tushgan. Endi esa u milliy jamoani bosh murabbiy sifatida boshqarmoqda.
2019 yilda Yevro-2020 saralash bosqichining 3-turida Turkiya o‘z maydonida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.













