«Lasio» markaziy himoyachisi Patrik Gabarron «Al-Ittifoq»qa o‘tishga yaqin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining transferi yakuniy bosqichda va u Saudiya Arabistoni klubiga bepul o‘tishi mumkin.
Gabarron allaqachon «Al-Ittifoq» bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2028 yilga qadar mo‘ljallanishi kutilmoqda.
Transfermarkt 33 yoshli himoyachining bozor qiymatini 1,5 million yevroga baholamoqda. Uning «Lasio» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
O‘tgan mavsumda Gabarron 16 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi. Joriy mavsumda esa mushak cho‘zilishi sabab hali maydonga tushmagan.













