Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Sloveniya murabbiyi Sheshkoni tanqidlardan himoya qildi

Sloveniya murabbiyi Sheshkoni tanqidlardan himoya qildi

Baho:
+ | -

Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi Boshtyan Sesar «Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshkoni qo‘llab-quvvatladi.

Sheshko oyoq qismidagi jarohat sabab APLning 5-turida «Fulxem»ga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi. Shundan so‘ng «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchilari Ueyn Runi, Pol Skoulz va Nikki Batt uni tanqid qildi.

«Bunday klubda o‘ynasang, tanqiddan qochib bo‘lmaydi. Bu jarayondan faqat Beni emas, boshqalar ham o‘tadi. U sog‘lom bo‘lib, gol urayotgan paytda bunday ayblovlar yo‘q edi.

Albatta, u professional. Menimcha, bunday gaplarga e’tibor bermaydi. U vaziyatga ijobiy qarashi va atrofida to‘g‘ri insonlar bo‘lishiga e’tibor qaratishi kerak.

Hozir Benyamin uchun oson emas. U faoliyatida murakkab davrni boshdan kechiryapti, chunki avval jarohatlar bilan jiddiy muammoga duch kelmagan. Bu noodatiy jarohat va uning bitishi uchun vaqt kerak.

Hozir u ishonadigan va suyana oladigan insonlar bilan birga bo‘lishi juda muhim», — dedi Sesar.

Kiritildi: 16:31, 26.09.2026.
O'qildi: 253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик