«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal JCH-2026 finalidan so‘ng nima uchun Lionel Messining oldiga borib, uni quchoqlaganini tushuntirdi.
«Men futbolda yoki suratda chiroyli ko‘rinishi uchun qilinadigan sun’iy harakatlardan doim uzoq bo‘lishga harakat qilaman. Bu esa qalbimdan chiqqan edi.
Uni ko‘rdim va futbol uchun qilgan barcha ishlari uchun minnatdorlik bildirish maqsadida oldiga bordim. Bu mutlaqo tabiiy harakat edi.
Oxir-oqibat juda chiroyli surat chiqdi. Bolaligimda u meni cho‘miltirayotgan suratdan tortib, endi ikkimiz quchoqlashib turgan suratgacha», — dedi Yamal.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida o‘tgan JCH-2026 finalida Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.













