«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal futbol maydonida nega qo‘rquv his qilmasligini tushuntirdi.
«Futbolda qo‘rquv yo‘q. Men futbol o‘ynay olishim uchun onam qanday og‘ir mehnat qilganini ko‘rganman. Otam esa ovqatim bo‘lishi uchun ko‘chalarda yurib, metall chiqindilarini terganini ko‘rganman. Mana shu — haqiqiy qo‘rquv.
Endi agar o‘g‘lim bo‘lsa, unga g‘amxo‘rlik qila olaman. Onam yoki otamga biror narsa kerak bo‘lsa, ularga yordam bera olaman. Endi menda o‘sha qo‘rquv yo‘q», — dedi Yamal.
Yamal 2023 yildan beri «Barselona» safida o‘ynab kelmoqda. U klub tarkibida jami 159 ta o‘yin o‘tkazib, 57 ta gol urgan va 58 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.













