«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal otasi nima uchun Lionel Messi uni go‘dakligida cho‘miltirayotgan mashhur suratni uzoq vaqt joylamaganini tushuntirdi.
«Chunki men undan buni qilmaslikni so‘raganman. U bir kuni suratni ijtimoiy tarmoqqa joyladi, men esa uni o‘chirishini aytdim.
Taqqoslashlar juda ochiq-oydin edi va odamlar doim shu haqda gapirishi aniq edi. Men Lamin bo‘lishni istardim. Messi bo‘lishni xohlamasdim. Faqat o‘zim imkonim boricha yuqoriga chiqishni istardim.
Unga: «Avval men Lamin bo‘lib olay, keyin xohlagan ishingizni qiling», — deganman», — dedi Yamal.
Surat 2007 yilda, Yamal hali bir necha oylik chaqaloq bo‘lgan paytda olingan. O‘sha vaqtda Messi «Barselona» safida o‘ynardi.
Bu surat yillar o‘tib, Yamalning o‘zi ham kataloniyaliklar futbolchisiga aylanganidan keyin keng ommalashdi.













