Kilian Mbappe uchun terma jamoalar o‘yinlariga bag‘ishlangan xalqaro tanaffus tez yakunlandi. Fransiya kapitani Turkiyaga qarshi uchrashuvda gol urdi, ammo jarohat olib, maydonni tark etdi.
Hozircha Mbappening tiklanish muddati aniq emas. «Real» esa asosiy to‘purarisiz qolib ketish ehtimolidan xavotirda.
Shu orada Mundo Deportivo Mbappening jarohati atrofida tarqalayotgan taxminlarga e’tibor qaratdi. Ulardan biriga ko‘ra, hujumchining jarohati sport brendini almashtirgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bir necha kun oldin Kilian Nike bilan hamkorlikni yakunlab, On brendiga o‘tgan edi. Juma kuni u yangi homiysining butsalarida ilk bor maydonga tushdi.
«Sport tibbiyoti va travmatologiya sohasidagi turli mutaxassislar butsalar shakli, tishlar bosimi, tagining qattiqligi va balandligi, amortizasiya yoki umumiy vazn kabi poyabzal xususiyatlaridagi har qanday o‘zgarish kinetik kuchlarning oyoq panjalari, to‘piq, tizza bo‘g‘imlari va orqa mushak zanjirlari orqali uzatilishiga ta’sir qilishini ta’kidlaydi», — deyiladi xabarda.
Biroq hozircha Mbappening jarohati aynan yangi butsalar sabab yuzaga kelganini tasdiqlovchi aniq ma’lumot yo‘q.
Kilian Mbappe «Oltin to‘p» uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan.













