Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal: «Meni yoqtiring yoki yoqtirmang — menga farqi yo‘q»

Yamal: «Meni yoqtiring yoki yoqtirmang — menga farqi yo‘q»

Baho:
+2 | -

Lamin Yamal Millatlar ligasida Ispaniyaning Angliya ustidan 3:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgach, tanqidlarga javob qaytardi.

«Barselona» yulduzi «Uembli»dagi o‘yinning ikkinchi daqiqasidayoq hisobni ochdi. Uchrashuvdan so‘ng Yamal Instagram sahifasida bir nechta surat joylab, ularga quyidagi izohni qoldirdi:

«Meni yoqtiring yoki yoqtirmang — menga farqi yo‘q».

Bu xabar so‘nggi paytlarda Yamalning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga munosib ekanini aytganidan keyin unga nisbatan bildirilgan tanqidlarga javob bo‘lishi mumkin.

Ispaniya bosh murabbiyi Luis de la Fuente ham g‘alabadan keyin Yamalning o‘yini haqida fikr bildirdi. Undan futbolchi «Barselona»dagidan kamroq dribling qilayotgani haqida ham so‘rashdi.

«Undan «Barselona»da nima talab qilishlarini bilmayman. Biz esa o‘z uslubimizda uning eng yaxshi jihatlarini ochishga harakat qilamiz. Bizning o‘yin uslubimiz «Barselona»nikiga o‘xshaydi, ammo ayni emas.

Uning o‘yini ajoyib. Bunday futbolchi bizda borligidan omadlimiz.

Yamal vaziyat nimani talab qilsa, shunga qarab harakat qiladi. U o‘z kuchli jihatlari va jamoadoshlarining imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanadi», — dedi de la Fuente.

Kiritildi: 13:14, 27.09.2026.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик