«Barselona» sport direktori Deku «Chelsi»ning qanot hujumchisi Estevao Villianning vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi London klubida olayotgan o‘yin vaqtidan norozi. Braziliyalik vinger kelajagiga unchalik ishonch bilan qaramayapti va o‘zi istagan miqdorda daqiqa ola olmasligidan xavotirda.
Ta’kidlanishicha, Deku Estevaoning «Chelsi»dagi hozirgi holati haqida bevosita ma’lumot olgan.
Joriy mavsumda Estevao barcha musobaqalar doirasida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.













