Kirish Ro'yxatdan o'tish

London grandlari «Bayer»ning 45 million yevrolik futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi

London grandlari «Bayer»ning 45 million yevrolik futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

«Arsenal» va «Tottenxem» «Bayer»ning hujumkor yarim himoyachisi Ibraxim Mazaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klublarni Mazaning universalligi va texnik mahorati o‘ziga jalb qilmoqda. U hujumkor yarim himoyachi sifatida turli pozisiyalarda samarali harakat qila oladi.

Ayniqsa, Maza himoya chiziqlari orasidagi bo‘sh hududlarni yaxshi topadi. U yerda to‘pni qabul qilib, tez burilib, raqib himoyachilariga qarshi hujumni davom ettirishda kuchli hisoblanadi.

Joriy mavsumda Maza barcha musobaqalar doirasida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchining «Bayer» bilan shartnomasi 2030 yil yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:02, 27.09.2026.
O'qildi: 799 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик