Anxel Di Mariya Argentina Xalqaro Superkubogi g‘olibiga aylandi.
Ushbu sovrin uchun Argentina chempionati g‘olibi va Chempionlar kubogi sohibi o‘zaro bahs olib boradi.
«Rosario Sentral» yarim himoyachisi Di Mariya «Estudiantes»ga qarshi kubok bahsida ikkita gol urdi. Uchrashuv uning jamoasi foydasiga 3:1 hisobida yakunlandi.
Bu 38 yoshli futbolchining klublar va Argentina terma jamoasi bilan birga qo‘lga kiritgan faoliyatidagi 38-sovrini bo‘ldi.













