"PSJ" "Manchester Yunayted"ning iqtidorli yosh futbolchisi Jey-Jey Gabrielni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Foot Mercato ma’lumotiga ko‘ra, 15 yoshli vinger hozircha "Manchester Yunayted" bilan ilk professional shartnomasini imzolashni rad etmoqda. Futbolchiga Yevropaning bir qator yirik klublari qiziqish bildirmoqda.
Manbaning qayd etishicha, "PSJ" allaqachon Gabrielning agenti bilan muzokara o‘tkazgan. Parijliklar futbolchi klubini o‘zgartirishga rozi bo‘lsa, unga aniq taklif bilan chiqishga tayyor.













