Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vozinya: «Tinchligimni yo‘qotdim»

Vozinya: «Tinchligimni yo‘qotdim»

Baho:
+1 | -

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya JCH-2026 dan keyingi hayoti haqida fikr bildirdi.

«Men tinchligim va xotirjamligimni yo‘qotdim. Menda endi shaxsiy hayot umuman qolmadi — yoki har holda, ilgariga qaraganda ancha kamaydi. Endi ko‘chaga chiqsam, restoranga borsam, albatta kimdir men bilan suratga tushishni xohlaydi yoki dastxat so‘raydi. Yoki bundan ham yomoni, kimdir meni videoga oladi. Hayotimda eng ko‘p o‘zgargan narsa shu bo‘ldi va bu borada biror narsa qila olaman deb o‘ylamayman.

Ko‘pchilik mashhur bo‘lishni va ommaviy maqomga ega bo‘lishni xohlaydi, lekin ular bu haqiqatning faqat ijobiy tomonini ko‘rishadi. Rostini aytsam, agar menga bugungi hayotim va ilgari bo‘lgan hayotim o‘rtasida tanlov berilganida, men ilgari bo‘lganini tanlagan bo‘lardim», — deydi Vozinyaning so‘zlarini The Observer.

Vozinya 2026 yilgi jahon chempionatida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, ularning ikkitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Oldinroq Vozinya 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati yakunlariga ko‘ra transfer qiymatini 10 baravarga oshirgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, posbonning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga 28 millionga yaqin kishi a’zo bo‘ldi.

Kiritildi: 07:23, 28.09.2026.
O'qildi: 803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик