«Inter» «Kalyari» hujumchisi Pol Mendi uchun kechayotgan kurashda «Milan»ni ortda qoldirmoqda. «Neradzurri»ning yangi sport direktori Dario Bachchin 19 yoshli futbolchini bir necha bor kuzatdi va ehtimoliy transferga «yashil chiroq» yoqdi.
«Milan» ham o‘yinchiga bo‘lgan qiziqishini saqlab turibdi, ammo hozircha «Inter» kabi tayyorgarlik ishlarini olib bormagan. «Kalyari» bilan bitim shartlari ochiqlanmayapti.
Mendi — «Kalyari» tarkibidagi top-klublar e’tiborini tortayotgan yagona iqtidor emas. Yarim himoyachi Alessandro Djanni Romano allaqachon Italiya terma jamoasida debyut qilib ulgurdi va «Yuventus»ning qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi, Daniel Maldini esa A Seriyada oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga nomzod qilib ko‘rsatilgan. Jamoaning turnir jadvalidagi ko‘tarilishini hisobga olganda, «Kalyari» yanvar oyida Mendini sotishga tayyormi-yo‘qmi — bu savol ochiqligicha qolmoqda.













