Kirish Ro'yxatdan o'tish

Klopp Germaniya terma jamoasi natijalarini qanday yaxshilashi mumkinligini aytdi

Klopp Germaniya terma jamoasi natijalarini qanday yaxshilashi mumkinligini aytdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp milliy jamoa natijalarini qanday yaxshilashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Avvalroq nemislar UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turlarida Niderlandiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan va Gresiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

«Ko‘ramiz. Bu meni unchalik ham tashvishlantirayotgani yo‘q. Faoliyatim davomida o‘zim istaganimdan ancha ko‘p o‘yinlarda mag‘lub bo‘lganman. Mag‘lubiyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarayotgan ekansiz, hammasi joyida.

Albatta, ko‘p narsani o‘zgartirishimiz kerakligini barcha tushunib turibdi. Oxir-oqibat, yomon yakundan ko‘ra yomon boshlanish yaxshiroq.

Barchamiz bir yo‘nalishda harakat qilamiz, birga bo‘lamiz va shunda hammasi o‘z o‘rniga tushadi. To‘g‘ri ishlarni qilsangiz, doimo shunday bo‘ladi», — deya Kloppning so‘zlarini Sky Sport Germany keltirdi.

Kiritildi: 16:11, 28.09.2026.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик