Dushanba oqshomida Millatlar ligasi doirasida Belgiya va Fransiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Bu Zinedin Zidan uchun Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ikkinchi uchrashuv bo‘ladi.
Qizig‘i, o‘tgan yili Zidan Belgiya terma jamoasini boshqarishi mumkin edi. Qirollik Belgiya futbol assosiasiyasi sport direktori Vinsent Mannar Zinedinni jamoa bosh murabbiyi sifatida ko‘rishni istagan. Bu 2025 yil boshida, Domeniko Tedesko iste’foga chiqarilganidan so‘ng sodir bo‘lgan.
DH les Sports ma’lumotiga ko‘ra, Zidan bu taklifni tezda rad etgan va uni faqat Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimi qiziqtirayotganini bildirgan.
Yakunda Zidan 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egalladi.













