Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti" 114 ta qoidabuzarlik ishi bo‘yicha sudda kurashishga tayyor

"Manchester Siti" 114 ta qoidabuzarlik ishi bo‘yicha sudda kurashishga tayyor

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh direktori Ferran Soriano klub Angliya Premyer-ligasi moliyaviy qoidalarini buzish bo‘yicha ishda o‘z aybsizligini sudda himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Soriano Kopengagenda o‘tkazilgan Yevropa klublari assosiasiyasi yig‘ilishida ishtirok etdi. Uning ta’kidlashicha, "Siti" komissiya qaroriga rozi emas va uni bekor qildirish uchun apellyasiya hamda ehtimoliy sud da’volari orqali barcha imkoniyatlardan foydalanish niyatida.

Ish bo‘yicha yakuniy qaror qachon chiqishi haqida Soriano shunday dedi:

"Bu jarayonga sakkiz yil ketdi va hali yana ko‘p vaqt talab qilinadi".

Eslatib o‘tamiz, 25 sentyabr kuni "Manchester Siti" moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha 115 ta holatdan 114 tasida aybdor deb topilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Hozircha klubga nisbatan qanday jazo qo‘llanishi aniqlanmagan.

Kiritildi: 23:28, 28.09.2026.
O'qildi: 566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик