Taniqli sobiq futbolchi Mesut O‘zil Madridning «Real» klubida Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan davrlarini esladi.
Sobiq germaniyalik yarim himoyachi «qirollik klubi» sharafini 2010 yildan 2013 yilgacha himoya qilgan, portugaliyalik hujumchi esa jamoa safida 2009–2018 yillarda to‘p tepgan.
«Ronaldu juda intizomli inson va o‘ziga nisbatan ulkan ishonchga ega. Aynan shu ikki sifat unga hozirgi darajasiga erishishga yordam berdi.
U meni maydonda juda yaxshi tushunardi va «Real»da u bilan birga o‘ynash ajoyib edi. Men unga doim pas uzatardim, u esa ularni osonlik bilan golga aylantirardi», — deya 2023 yilda faoliyatini yakunlagan O‘zilning so‘zlarini Madrid Zone keltiradi.
Ayni paytda 41 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida to‘p tepmoqda.













