Kirish Ro'yxatdan o'tish

De la Fuente Millatlar ligasidagi taqvimni tanqid qildi

De la Fuente Millatlar ligasidagi taqvimni tanqid qildi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente joriy yilgi Millatlar ligasining zich taqvimi haqida fikr bildirdi.

"Kimdan so‘rasangiz ham, 10 kun ichida bunday darajadagi 4 ta o‘yin o‘tkazish nihoyatda qiyin ekanini aytadi. Erik Garsiya misolida biz uchun futbolchilar sog‘ligi eng muhim ekanini ko‘rsatdik.

Katta rotasiya qilmoqchi emasmiz, chunki jamoaning asosiy o‘zagini saqlab qolishni afzal ko‘ramiz. Jamoa yana ikki kun dam olishini istardim", — deya murabbiyning so‘zlarini Diario AS keltiradi.

26 sentyabr kuni Ispaniya terma jamoasi safarda Angliyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

29 sentyabr, seshanba kuni Luis de la Fuente shogirdlari o‘z maydonida Xorvatiyani qabul qiladi. Uchrashuv soat 23:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 10:43, 29.09.2026.
O'qildi: 537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик