Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek Yevropaning top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Ispaniyaning "Real" va "Barselona", shuningdek, Angliyaning "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, "Real" va "Barselona" Shlotterbekni anchadan beri kuzatib kelmoqda, ammo futbolchi hozircha "Borussiya" safida qolmoqda. U aprel oyida klub bilan shartnomasini 2031 yilga qadar uzaytirgan.
Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi Germaniya chempionatida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta sariq kartochka oldi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Shlotterbekning bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.













