Kirish Ro'yxatdan o'tish

De la Fuente: "Fermin Lopes — Yevropa va dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri"

De la Fuente: "Fermin Lopes — Yevropa va dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri"

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Fermin Lopesning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

"Fermin ajoyib formada, ammo Dani Olmo va uning ayrim jamoadoshlari ham xuddi shunday holatda.

Fermin maydon markazida chuqurroq, himoyaga yaqinroq pozisiyada ham o‘ynay oladi. U bizga energiya, dinamika, mahorat va hujumlarni yakunlash qobiliyatini beradi.

U juda universal futbolchi, Yevropa va dunyodagi eng yaxshilardan biri. Fermin bizning o‘yin uslubimizga ideal mos keladi", — deya de la Fuentening so‘zlarini Diario AS keltiradi.

Millatlar ligasi 1-turida Angliyaga qarshi 3:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda Fermin maydonga tushmadi.

U Ispaniya terma jamoasi safida jami 7 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

29 sentyabr kuni amaldagi jahon chempionlari Xorvatiyani qabul qiladi. Uchrashuv soat 23:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 10:48, 29.09.2026.
O'qildi: 453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик