Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi Ramaz Svanadze Millatlar ligasida Ukrainaga qarshi uy uchrashuvidan so‘ng OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Tbilisida bo‘lib o‘tgan bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
"Biz g‘alaba uchun maydonga tushgandik, ammo yakunda faqat bir ochko oldik. Birinchi bo‘limda jamoa juda yaxshi harakat qildi, ammo tanaffusdan keyin charchoq o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Bunday raqibga qarshi o‘ynash oson emas.
Agar uchrashuvni to‘liq baholasak, menimcha, biz yaxshiroq edik. Vaqt o‘tishi bilan jamoamiz ancha kuchayadi", — deya mutaxassisning so‘zlarini Crystalsport keltiradi.
Gruziya Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini safarda Vengriyaga qarshi o‘tkazadi.













