Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasida Belgiyani safarda 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Maykl Olise 88-daqiqada urdi.
"Uch ranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidan asosiy tarkibda birdaniga uch nafar debyutant — Andi Diuf, Jeremi Jake va Lukas da Kunyaga ishonch bildirdi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, bu Fransiya terma jamoasi safida 2010 yil avgustidan beri ilk bor uch yoki undan ortiq debyutantning asosiy tarkibda maydonga tushishi bo‘ldi.
2012 yildan buyon jamoani boshqargan Didye Desham davrida bunday holat biror marta ham kuzatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan joriy yil iyul oyida, JCH-2026dan so‘ng Deshamning o‘rnini egallagan edi.













