Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar ma’lum

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar ma’lum

Baho:
+ | -

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ma’lum bo‘ldi.

Ro‘yxatdan "Surxon" futbolchisi Tornike Zebniauri, "Nasaf" a’zolari Sharof Muhitdinov va Adenis Shala, "So‘g‘diyona"dan Filip Ivanovich, "Navbahor" vakili Shohruh Abdurahmonov hamda OKMK futbolchisi Giorgi Papava joy oldi.

Sentyabr oyida Sharof Muhitdinov 2 ta o‘yinda 2 ta gol va 4 ta assist qayd etib, eng yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi. Shohruh Abdurahmonov esa 3 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi.

Tornike Zebniauri, Filip Ivanovich va Giorgi Papava 3 tadan o‘yinda 2 tadan gol kiritgan. Adenis Shala esa 2 ta bahsda 2 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar:

Tornike Zebniauri ("Surxon") — 3 o‘yin, 2 gol.
Sharof Muhitdinov ("Nasaf") — 2 o‘yin, 2 gol, 4 assist.
Filip Ivanovich ("So‘g‘diyona") — 3 o‘yin, 2 gol.
Shohruh Abdurahmonov ("Navbahor") — 3 o‘yin, 3 gol.
Adenis Shala ("Nasaf") — 2 o‘yin, 2 gol.
Giorgi Papava (OKMK) — 3 o‘yin, 2 gol.

Kiritildi: 11:48, 29.09.2026.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик