Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bunyodkor"ga yana bir transfer taqiqi qo‘yildi

"Bunyodkor"ga yana bir transfer taqiqi qo‘yildi

Baho:
+ | -

"Bunyodkor" futbol klubiga yana bir transfer taqiqi qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, klubga avvalroq sobiq futbolchi Rivaldo oldidagi qarzdorlik sabab FIFA tomonidan transfer taqiqi qo‘llangan edi. Ushbu cheklov qarz to‘liq bartaraf etilganidan keyingina bekor qilinadi.

25 sentyabr kuni esa O‘FA Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi "Bunyodkor"ga ketma-ket ikki ro‘yxatdan o‘tkazish davri mobaynida yangi futbolchilarni ro‘yxatga olishni taqiqladi. Bunga klubning sobiq futbolchisi Samandarjon Mavlonqulov oldidagi qarzini belgilangan muddatda to‘lamagani sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Rivaldo va Mavlonqulov bilan bog‘liq sanksiyalar bir-biridan alohida hisoblanadi. Har ikki ish bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilganidan keyingina tegishli taqiqlar bekor qilinadi.

Cheklov amal qilgan davrda "Bunyodkor" nafaqat yangi professional futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi, balki akademiya tarbiyalanuvchilarini ham MyLeague platformasiga qo‘sha olmaydi.

Shu bilan birga, klub taqiq joriy etilgunga qadar ro‘yxatdan o‘tkazilgan futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirishi mumkin. Akademiyadan esa faqat cheklovgacha MyLeague platformasiga kiritilgan futbolchilar bilan shartnoma tuzib, ularni qaydnomaga qo‘shishga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 13:06, 29.09.2026.
O'qildi: 604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик