Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» Dyokeresh bo‘yicha qaror qabul qildi

«Arsenal» Dyokeresh bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi shvesiyalik markaziy hujumchi Viktor Dyokereshni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqchi emas. Bu haqda SI nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, skandinaviyalik futbolchiga «Milan» qiziqish bildirmoqda. «Rossoneri» Dyokereshni qo‘lga kiritish uchun «kanonirlar»ga taxminan 70 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Joriy mavsumda Viktor «Arsenal» asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Hujumchi Angliya Premyer-ligasida atigi 2 ta o‘yinda maydonga tushgan.

28 yoshli futbolchining «Arsenal» bilan shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi.

Uning bozor qiymati 65 million yevro deb baholanmoqda.

Kiritildi: 13:08, 29.09.2026.
O'qildi: 406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик