Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

«Milan» Shevchenkoni yubileyi bilan qutladi

«Milan» Shevchenkoni yubileyi bilan qutladi

Baho:
+ | -

Afsonaviy ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenko bugun, 29 sentyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Kiyevning «Dinamo», «Milan» va «Chelsi» klublari sobiq futbolchisi 50 yoshga to‘ldi.

Italiya klubi matbuot xizmati Shevchenkoni yubileyi bilan tabrikladi.

«Barcha davrlarning eng buyuk hujumchilaridan biri. Sheva, bu sen uchun», — deyiladi «rossoneri»ning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Shevchenko «Milan» safida 1999 yildan 2006 yilgacha, shuningdek, 2008/09 mavsumida to‘p tepgan.

Ukrainalik futbolchi «Milan» bilan birga A Seriya chempioni, Italiya kubogi sohibi va UYEFA Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

2004 yilda Shevchenko «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 13:31, 29.09.2026.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик