Kirish Ro'yxatdan o'tish

Soboslai: «Ronaldu mening kumirim edi va shunday bo‘lib qolmoqda»

Soboslai: «Ronaldu mening kumirim edi va shunday bo‘lib qolmoqda»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning vengriyalik yarim himoyachisi Dominik Soboslai yoshlikdagi kumiri haqidagi savolga javob berdi.

«Mening kumirim Krishtianu Ronaldu edi va u hozirgacha shunday bo‘lib qolmoqda. Men u bilan jonu dilim bilan birga o‘ynagan bo‘lardim», — dedi Soboslai JD Sports nashriga.

Hozirgi vaqtda 41 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida to‘p suradi. Joriy mavsumda portugaliyalik forvard barcha turnirlarni hisobga olgan holda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi.

Ronalduning «An-Nasr» bilan amaldagi mehnat shartnomasi keyingi yozda tugaydi. Oldinroq futbolchi ushbu mavsum yakunlanganidan so‘ng professional faoliyatini yakunlashi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 14:23, 29.09.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик