Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Edegorga qarshi qo‘pol o‘yini uchun bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
«Do‘stim, bu futbol», — dedi Bernardu o‘yindan so‘ng.
Uchrashuv oxirida portugaliyalik futbolchi skandinaviyalikga to‘piq qismidan og‘riqli zarba berdi, buning uchun u sariq kartochka bilan jazolandi. Final xushtagidan so‘ng Edegor raqibini qo‘pol o‘yini uchun tanqid qildi.
Norvegiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv skandinavlarning o‘z maydonida 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Norvegiyaliklar navbatdagi uchrashuvni 1 oktyabr kuni safarda Uelsga qarshi o‘tkazishadi.













