«Roma»ning qanot himoyachisi Uesli Angliya Premyer-ligasida faoliyatini davom ettirish variantiga ega. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli braziliyalik lateral xizmatlariga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» uning nomzodini mudofaani kuchaytirish uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kiritishgan.
Bundan tashqari, Uesli nomi yana ikki klub — Madridning «Atletiko» va Londonning «Arsenal» jamoalari bilan bog‘lanmoqda.
Braziliyalik futbolchining rimliklar bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Himoyachining transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.













