Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Leno «Bavariya»ga o‘tishga qarshi emas

Leno «Bavariya»ga o‘tishga qarshi emas

Baho:
+ | -

BILD ma’lumotiga ko‘ra, «Bavariya» 2027 yil yozi uchun «Fulxem» darvozaboni Bernd Lenoni ehtimoliy transfer maqsadi sifatida kuzatmoqda.

Myunxenliklar shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadigan va shundan so‘ng faoliyatini tugatishi kutilayotgan Manuel Noyerga o‘rinbosar tayyorlash jarayonini tezlashtirgan.

Noyerning asosiy vorisi sifatida Yonas Urbig tanlangan. Biroq klub zaxira darvozaboni roli uchun tajribali futbolchini ham tarkibga qo‘shib olishni istamoqda.

34 yoshli Lenoning «Fulxem» bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Shu bilan birga, London klubida kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Xabarlarga ko‘ra, germaniyalik darvozabon Bundesliga chempioni safiga qo‘shilishga qarshi emas.

Kiritildi: 16:04, 29.09.2026.
O'qildi: 614 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик