«Napoli»ning kamerunlik yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissa klubini o‘zgartirishi mumkin.
Tuttosport ma’lumotiga ko‘ra, «Napoli» 30 yoshli futbolchi bilan mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani aytilmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Inter», «Milan» va «Yuventus» vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Joriy mavsumda Zambo-Angissa Italiya A Seriyasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.













