Gresiyaning "Levadiakos" klubi Misr terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Elneni bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Elneni BAAning "Al-Jazira" klubini tark etganidan so‘ng erkin agentga aylangan edi. Ayni paytda mamlakat chempionati turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida borayotgan "Levadiakos" shartnoma tafsilotlarini hozircha oshkor qilmadi.
34 yoshli futbolchi faoliyati davomida Shveysariyaning "Bazel", Londonning "Arsenal" va Turkiyaning "Beshiktash" klublarida ham to‘p tepgan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Elnenining bozor qiymati 1,2 million yevroni tashkil qiladi.
Futbolchi yangi jamoasi safidagi ilk o‘yinini 11 oktyabr kuni o‘tkazishi mumkin. Shu kuni "Levadiakos" chempionat doirasida "Iraklis"ga qarshi maydonga tushadi.













