Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Uoddl Kerrik haqida: "Unga vaqt bering"

Uoddl Kerrik haqida: "Unga vaqt bering"

Baho:
+ | -

Sobiq angliyalik futbolchi Kris Uoddl "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik haqida fikr bildirdi.

"Siz atigi bir nechta o‘yin o‘tkazdingiz. Har bir uchrashuvda g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Bu hayratlanarli. Maykl Karrik kabi murabbiylarga allaqachon achina boshladim. Turli gaplarni o‘qiysiz: "Agar u g‘alaba qozonmasa, kelasi hafta ishdan bo‘shatiladi". Men buni umuman tushunmayman.

Sarlavha yozish oson. Bu katta klub, ammo o‘tgan yili hamma uni maqtagan edi. Unga vaqt bering", — dedi Uoddl Betpack nashriga bergan intervyusida.

O‘tgan mavsumda "qizil iblislar" Karrik qo‘l ostida Premyer-ligada uchinchi o‘rinni egallab, bir necha yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Joriy mavsum esa Karrik shogirdlari uchun hozircha omadsiz kechmoqda. "Manchester Yunayted" 5 ta uchrashuvdan so‘ng 5 ochko bilan turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 22:33, 29.09.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик