Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

APL rahbari: "Manchester Siti" ishi liga tarixidagi eng muhim ish"

APL rahbari: "Manchester Siti" ishi liga tarixidagi eng muhim ish"

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi bosh ijrochi direktori Richard Masters mustaqil komissiyaning "Manchester Siti"ni liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topishiga munosabat bildirdi.

"Bu ish va qabul qilingan qaror Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng muhim voqealardan biri hisoblanadi. Hali ayrim masalalar hal qilinishi kerak. Ular orasida eng muhimi — qoidabuzarliklar uchun qanday sanksiyalar qo‘llanilishi masalasi", — deya Mastersning so‘zlarini APL rasmiy sayti keltiradi.

29 sentyabr kuni mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni 2009/10 mavsumidan 2017/18 mavsumigacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni buzish bilan bog‘liq barcha ayblov bandlari bo‘yicha aybdor deb topdi.

"Shaharliklar" 2 oktyabrga qadar apellyasiya berib, qaror ustidan shikoyat qilishlari mumkin.

Kiritildi: 22:36, 29.09.2026.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик