Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

"Roma"ning yangi 60 ming kishilik stadioni 2029 yilda tayyor bo‘lishi mumkin

"Roma"ning yangi 60 ming kishilik stadioni 2029 yilda tayyor bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

"Roma" yangi stadion qurilishi uchun rasmiy ruxsat oldi.

Arena Rimning Pyetralata tumanida joylashadi va 60 605 nafar tomoshabinni sig‘dira oladi.

"Loyihani tezkor ravishda amalga oshirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Qurilish ishlarini 2027 yil boshida boshlash, uch yil ichida esa yakunlash rejalashtirilgan. Qurilish jarayonining o‘zi ikki yarim yil davom etishi hisobga olinsa, stadion 2029 yildayoq tayyor bo‘lishi mumkin", — dedi Rim meri Roberto Gualtyeri.

"Endi yangi bosqich boshlanadi. Uning maqsadi — "Roma" va shaharga ularning tarixi hamda ambisiyalariga munosib bo‘lgan zamonaviy va ekologik barqaror stadion taqdim etish.

Ushbu loyiha faqat klub va uning muxlislari uchun yangi uy sifatida emas, balki butun Rim uchun muhim resurs sifatida ishlab chiqilgan. U yangi imkoniyatlar yaratishi, atrof hududni yangilash va rivojlantirishga hissa qo‘shishi, shuningdek, shahar va uning aholisi uchun uzoq muddatli foyda keltirishi kerak", — deyiladi "Roma" bayonotida.

Hozirda "Roma" va "Lasio" o‘z uy uchrashuvlarini Rimdagi Olimpiya stadionida o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 23:43, 29.09.2026.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик