Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Siti» futbolchilari Elliot Anderson va Mark Gexini qo‘llab-quvvatlagan-qo‘llab-quvvatlamagani haqidagi savolga javob berdi.
Avvalroq klub Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan edi.
«Bunga hojat bo‘lmadi. Endi hatto o‘zimni noqulay his qilyapman. Aslida yo‘q, chunki men bu yerda hal qilishimiz kerak bo‘lgan barcha masalalar va jamoani tayyorlashga to‘liq e’tibor qaratganman.
Men ular bilan bu vaziyat haqida gaplashmadim va bu masalaga izoh bermayman. Menimcha, Mark bugun Ispaniyaga qarshi og‘ir o‘yindan keyin ajoyib harakat qildi. U yuqori darajada javob qaytardi, Elliot Anderson ham yaxshi o‘yin o‘tkazdi», — dedi Tuxel.













