«Atletiko» vingeri Aleks Baena faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi jahon chempioniga Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish bildirmoqda. «Shporlar» uzoq muddatga safdan chiqqan Xavi Simonsning o‘rnini to‘ldirish uchun 25 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. London klubi Baena uchun qariyb 80 million yevro to‘lashga tayyor.
Shuningdek, Baenaga «Manchester Siti», «Nyukasl» va «Aston Villa» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda vinger barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













