O‘zbekiston delegasiyasi Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi.
Boks bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Shavkatjon Boltayev -70 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtimiz yarim final bosqichida Qozog‘iston vakili To‘rexan Sabirxanga qarshi ringga chiqdi. Bahs yakunida Boltayev raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqani uchinchi o‘rin bilan yakunladi.
Shu tariqa, Shavkatjon Boltayev O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shdi.
Ayni paytda O‘zbekiston 14 ta oltin, 17 ta kumush va 17 ta bronza — jami 48 ta medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda.













