Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G‘alenoi Qozon shahrida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiyadan 0:2 hisobida uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
— O‘yin sizda qanday taassurot qoldirdi?
— Futbol darajasi juda yuqori bo‘ldi. Hatto uni jahon chempionatidagi o‘yinlar bilan taqqoslash mumkin. Bu uchrashuv biz uchun juda foydali bo‘ldi. Afsuski, bugun o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Lekin o‘rtoqlik uchrashuvlari aynan shuning uchun kerak — kuchli va zaif tomonlarimizni aniqlab olish uchun.
— Hisob 0:0 bo‘lib turgan paytda Azmun golli vaziyatdan foydalana olmadi. Unga nima yetishmadi?
— Aytishim mumkinki, taktik rejalarimizni amalga oshira oldik. Taremi va Azmunda gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Serdar hozir optimal formada emas.
— Rossiya futbolchilaridan kim sizda eng katta taassurot qoldirdi?
— Rossiya terma jamoasining tarkibi yaxshi va taktik rejasi ham juda kuchli. Men butun Rossiya jamoasining o‘yinidan mamnunman. Shuni ham aytishim mumkinki, ikkita gol o‘tkazib yuborgandan keyin futbolchilarning diqqati pasayishi mumkin. Shunga qaramay, jamoamiz yaxshi o‘ynadi va o‘yinni nazorat qila oldi.
— Bu o‘yin Osiyo kubogi oldidan jamoangiz uchun sinov vazifasini o‘tadimi?
— Rossiya va O‘zbekistonga qarshi o‘yinlar bizga qaysi kamchilik va zaif tomonlarimiz borligini ko‘rsatdi. Biz bularni yaxshilab tahlil qilamiz va keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.
Eron terma jamoasi 2027 yilgi Osiyo kubogini 9 yanvar kuni Xitoyga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. 13 yanvarda eronliklar Qirg‘iziston, 18 yanvarda esa Suriya terma jamoasi bilan bahs olib boradi.













