Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Inter» yaqin transfer oynasi uchun asosiy nishonlarini belgilab oldi

«Inter» yaqin transfer oynasi uchun asosiy nishonlarini belgilab oldi

Baho:
+ | -

«Inter»ning yangi sport direktori Dario Bachchin yaqin transfer oynasida klub ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini shakllantira boshladi. Bu haqda Quotidiano Sportivo xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Milan klubi «Napoli» darvozaboni Aleks Meretni kuzatib bormoqda. Shuningdek, «Inter» Italiya pasportiga ham ega bo‘lgan «River Pleyt» golkiperi Santyago Beltranga qiziqish bildirmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil 31 dekabrga qadar mo‘ljallangan.

Himoya chizig‘ida esa klub Angliya Premyer-ligasida to‘p tepayotgan futbolchilarni kuzatishda davom etmoqda. «Inter» qiziqish doirasida «Kristal Pelas»ning 26 yoshli himoyachisi Kris Richards bor.

Shuningdek, klub «Fulxem» futbolchisi Kelvin Bessini ham ko‘rib chiqmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.

Yarim himoya va hujum chizig‘ida «Inter» ayrim futbolchilar uchun «Yuventus» bilan raqobat qilishi mumkin.

Ular orasida «Fiorentina»ning 22 yoshli futbolchisi Sher N'Dur bor. Uning transfer qiymati taxminan 30 million yevroga baholanmoqda.

Shuningdek, Milan klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarashli 18 yoshli Samuele Inasioni ham kuzatmoqda.

Kiritildi: 23:01, 30.09.2026.
O'qildi: 731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик