Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Ektitike dekabrda maydonga qaytishni rejalashtirmoqda

Ektitike dekabrda maydonga qaytishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

L'Equipe ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» hujumchisi Ugo Ektitike Axill payi jarohatidan tiklanishda davom etmoqda va dekabr oyida rasmiy o‘yinlarga qaytishni maqsad qilgan.

24 yoshli futbolchi 14 aprel kuni «Liverpul»ning «PSJ»ga qarshi uchrashuvida o‘ng oyog‘idagi Axill payini uzib olganidan beri maydonga tushmagan.

Ushbu jarohat uning mavsumini muddatidan oldin yakunladi va Fransiya terma jamoasiga chaqirilish imkoniyatidan ham mahrum qildi. Ektitike AQSHda o‘tkazilgan jahon chempionati oldidan Didye Desham tarkibiga kirishga yaqin turgan edi.

So‘nggi oylarda hujumchi reabilitasiya jarayonini davom ettirdi. Sentyabr oyida u ma’lum vaqt Fransiyaning Klerfontendagi mashg‘ulot markazida bo‘ldi, so‘ng tiklanishni davom ettirish uchun «Liverpul»ga qaytdi.

Yaqin kunlarda Ektitike AQSHga ham borib, mutaxassis bilan maslahatlashdi. Uning tiklanish jarayoni reja asosida ketmoqda va futbolchi allaqachon yengil yugurish mashqlarini boshlagan.

Axill payi jarohatlarida tiklanish muddati aniq bo‘lmaydi, chunki futbolchining holati va organizmining yuklamalarga reaksiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirda Ektitike noyabr oyida umumiy mashg‘ulotlarga qaytishni, dekabrda esa rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 23:15, 30.09.2026.
O'qildi: 783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик