Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Xavi van Deykni himoyada boshqa pozisiyaga o‘tkazishi mumkinligini aytdi

Xavi van Deykni himoyada boshqa pozisiyaga o‘tkazishi mumkinligini aytdi

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavi Millatlar ligasida Gresiyaga qarshi o‘yinda Virjil van Deykni markaziy himoyaning o‘ng tomonida o‘ynatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Goal xabar berdi.

Jurnalist Mayk Vervey Xavidan Van Deykni o‘ng tomonga o‘tkazib, chap tomonda chap oyoqli Yorrel Xato yoki Mikki van de Venni o‘ynatish variantini ko‘rib chiqqan-qilmaganini so‘radi.

«Bu Virjilning sevimli pozisiyasi emas, ammo u yerda bizga kerak bo‘lsa, jamoa birinchi o‘rinda turadi. U jamoaga yaxshi yordam bera oladi. Bunday variant mavjud», — deb javob berdi Xavi.

Xavi boshchiligidagi terma jamoaning dastlabki ikki o‘yinida markaziy himoyaning o‘ng tomonida Yan-Paul van Xekke o‘ynagan edi. Biroq «Brayton» futbolchisi Serbiyaga qarshi uchrashuvda oyog‘idan jarohat oldi va klubi ixtiyoriga qaytdi.

Kiritildi: 04:37, 01.10.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик