Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Kurtua: «Real» «Atletiko»ga hakamlar sababli yutqazmadi»

Kurtua: «Real» «Atletiko»ga hakamlar sababli yutqazmadi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Atletiko»ga qarshi so‘nggi derbidagi mag‘lubiyatni esladi.

«Qirollik klubi» safarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamoa 52-daqiqadan boshlab kamchilikda o‘ynadi — aynan shu daqiqada Din Xyoysen qizil kartochka oldi. «Real» vakillari «matraschilar»ga qarshi uchrashuvda hakamlikdan juda norozi bo‘lishdi, hatto Joze Mourinyo matbuot anjumaniga raqib futbolchilarini maydondan chetlatish kerak bo‘lgan epizodlar aks etgan suratlarni chiqarib keldi.

«Biz Madrid derbisida hakamlar sababli mag‘lub bo‘lmadik. Bu mag‘lubiyatga o‘zimiz sababchimiz. Ammo hakamlar va VAR yanada yaxshiroq ishlashini umid qilaman. Bu ularning eng yaxshi kuni emasdi», — dedi Kurtua.

«Real»ning navbatdagi o‘yini 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Madridliklar «Vilyarreal»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 04:58, 01.10.2026.
O'qildi: 969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик